Uy“Precor”ning patentlangan texnologiyalari: samarali fitnes uchun innovatsiyalar

“Precor”ning patentlangan texnologiyalari: samarali fitnes uchun innovatsiyalar

26.03.2025

Precor brendining patentlangan texnologiyalari: samarali fitnes uchun innovatsiyalar

 

Precor — ppremium fitnes uskunalari bo’yicha jahon yetakchisi. Kompaniya mashg’ulotlarning qulayligi, xavfsizligi va samaradorligini ta’minlaydigan ilg’or ishlanmalari bilan mashhur. Xususiy patentlar va innovatsion yechimlar tufayli, “Precor” mashq uskunalari butun dunyodagi yetakchi fitnes klublari, mehmonxonalari va korporativ sport zallarining tanloviga aylangan. Ushbu maqolada biz o’zlarining uskunalarini noyob bo`lishiga xizmat qiladigan “Precor” brendining asosiy patentlangan texnologiyalari haqida gapirib beramiz.

 

Adaptive Motion Trainer (AMT) texnologiyasi – yangi darajali adaptiv kardio

 

AMT – bu revolyutsion texnologiya bo’lib, foydalanuvchilarga mashg’ulotlar paytida o’z harakatlarini rejimlarni almashtirmagan holda o’zgartirish imkonini beradi.

Bu qanday ishlaydi:

  • • Mashq uskunasi avtomatik ravishda foydalanuvchining qadam uzunligiga moslashadi.
  • • Yurishdan yugurishgacha yoki zinapoyaga chiqishga o’xshash harakatlarga to’xtamasdan yoki sozlashsiz o’tishingiz mumkin.
  • • Fitnes ilovalari bilan integratsiya progressni kuzatish imkonini beradi

 

Afzalliklari:

  • • Ko‘p funksiyalilik: bitta mashq uskunasi yugurish mashq yo‘lakchasi, stepper va ellipsning o‘rnini bosadi.
  • • Bo’g’imlarga kam yuk berish: barcha darajadagi foydalanuvchilar uchun ideal ravishda mos keladi.
  • • Samarali kardio: harakat trayektoriyalarini o’zgartirib, turli mushak guruhlarini ishga tushiradi.

 

CrossRamp texnologiyasi – qadamning patentlangan sozlanuvchi trayektoriyasi

 

CrossRamp – bu “Precor EFX” elliptik mashq uskunalarida ishlatiladigan asosiy ishlanma. Bu sizga pedallarning burchagini o’zgartirishga imkon berib, mashqlarning turli xilligini oshiradi.

Bu qanday ishlaydi:

  • • Nishab burchagini 10° dan 35° gacha o’zgartirish turli mushak guruhlariga yukning ahamiyatini o’zgartiradi.
  • • Harakatning noyob biomexanikasi bo’g’inlarga zarba yukini kamaytiradi.
  • • “AutoRamp” funksiyasi tanlangan dasturga qarab nishab burchagini avtomatik ravishda o’zgartiradi.

 

Afzalliklari:

  • • Oyoqlarning barcha mushak guruhlarini mashq qilish: turli burchaklar yukni kvadritseps, dumba va boldirlarga yo`naltirish imkonini beradi.
  • • Reabilitatsiya va jarohatlarning oldini olish: tekis harakatlar jarohatlanish xavfini kamaytiradi.
  • • Shaxsiylashtirilgan mashg`ulotlar: barcha tayyorlov darajadagi foydalanuvchilarga mos keladi.

 

“Ground Effects Impact Control” (GFX) texnologiyasi – qulay yugurish uchun amortizatsiya

 

Ground Effects (GFX) — bu Precor TRM yugurish yo‘laklarida qo‘llaniladigan eksklyuziv amortizatsiya texnologiyasi. U bo‘g‘imlarga tushadigan zarbani kamaytiradi va yugurishni yanada qulayroq qiladi.

Bu qanday ishlaydi:

  • • Yugurish yo`lakchasi ostida turli darajadagi amortizatsiya zonalari mavjud: boshida yumshoq, itarilish zonasida esa qattiqroq.
  • • Tizim foydalanuvchining vazniga dinamik tarzda javob berib, shaxsiylashtirilgan qo`llab-quvvatlashni ta’minlaydi.

 

Afzalliklari:

  • • Bo`g`inlarni himoya qilish: tizza va umurtqa pog’onasi shikastlanishi xavfini kamaytiradi.
  • • Oshirilgan barqarorlik: samarali yugurish uchun itarilish zonasida qaytarishni oshiradi.
  • • Uzoq muddat xizmat qilishi: amortizatorli elementlar ko’p yillik intensiv foydalanishga bardosh berishga mo’ljallangan.

 

“Preva” texnologiyasi – shaxsiylashtirilgan mashg`ulotlar va analitika tizimi

 

“Preva” – bu mashg`ulotlarni boshqarish va ma`lumotlarni yig`ish uchun patentlangan bulutli platforma. U sensorli konsollarga ega “Precor” kardio mashq uskunalarida qo’llaniladi.

Bu qanday ishlaydi:

  • • Foydalanuvchi shaxsiy profil yaratadi va uni mashq uskunalari bilan sinxronlashtiradi..
  • • Barcha mashg`ulotlatlar avtomatik ravishda bulutda saqlanadi.
  • • Maqsadlar qo’yish, progressni kuzatishingiz va tavsiyalar olish imkoni mavjud.

 

Afzalliklari:

  • • Shaxsiy tajriba: har bir foydalanuvchi o’zining mashg’ulot tarixiga kirish imkoniyatiga ega.
  • • Motivatsiya: maqsadlar va mukofotlar muntazam mashqlarni rag’batlantiradi.
  • • Integratsiya: mashhur fitnes ilovalari va taqiladigan qurilmalardan foydalanish imkoniyati.

 

“Active Status Monitoring” texnologiyasi – uskunalarni masofadan kuzatish tizimi

 

“Active Status Monitoring” – bu fitnes klub egalari uchun innovatsion yechim. Tizim real vaqt rejimida mashq uskunalarning holatini kuzatib boradi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish zarurati haqida ogohlantiradi.

Bu qanday ishlaydi:

  • • Uskunadan foydalanish bo’yicha hisobotlarni yuboradi.
  • • Ehtimoliy nosozliklar haqida ogohlantiradi va profilaktika choralarini tavsiya qiladi.
  • • Egalariga bulutli ilova orqali jihozlar parkini boshqarish imkonini beradi.

 

Afzalliklari:

  • • Vaqt va pulni tejash: buzilishlarning oldini olish ta’mirlash xarajatlarini kamaytiradi.
  • • Xizmat ko’rsatish darajasini yaxshilash: uskunaning ishlamay qolish vaqtini minimallashtirish.
  • • Qulaylik: dunyoning istalgan nuqtasidan uskuna holatini to’liq nazorat qilish.

 

Nima uchun “Preсor”ning patentlangan texnologiyalari mashg’ulotlaringizni samaraliroq qiladi?

 

  • Innovatsiyalar: ilmiy tadqiqotlar va biomexanikaga asoslangan texnologiyalar.
  • Universallik: shug`ullanishni endi boshlaganlar uchun ham, professional sportchilar uchun ham mos keladi.
  • Xavfsizlik: jarohatlar xavfini kamaytiradi va mashg’ulotlar uchun qulay muhit yaratadi.
  • Shaxsiylashtirish: mashg`ulotlarni har bir foydalanuvchining maqsadlariga moslashtirish imkonini beradi.

 

Patentlangan texnologiyalarga ega “Precor” uskunalarini qayerdan sotib olish mumkin?

Original “Precor” uskunalarini xarid qilish uchun brendning rasmiy distribyutori 7Fitness kompaniyasiga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.

 

7Fitness bilan ishlashning afzalliklari:

  • • Precor uskunalarining rasmiy yetkazib beruvchisi.
  • • Fitnes zallarini to‘liq jihozlash.
  • • Kafolat va servis xizmati.
  • • Uskunalarni tanlashda individual maslahatlar va yordam.

 

Xulosa

 

“Precor”ning patentlangan texnologiyalari o’nlab yillar davomida olib borilgan izlanishlar va mukammallikka doimo intilish natijasidir. AMT, “CrossRamp”, “Ground Effects”, “Preva” va “Active Status Monitoring” kabi innovatsiyalar mashg‘ulotlarni samaraliroq, xavfsizroq va qiziqarliroq bo`lishiga xizmat qiladi. Agar siz sport zalingizni zamonaviy uskunalar va ilg’or texnologiyalar bilan jihozlamoqchi bo’lsangiz, “Precor”ni tanlang va “7Fitness” mutaxassislariga ishoning.